So‘nggi yillarda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari tobora rivojlanib borayotgani, barcha sohalar qatorida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ham istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani bilan ahamiyatli. Mamlakatlarimizning milliy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar o‘zaro do‘stlik, mustahkam ishonchga asoslangan hamkorlik negizida taraqqiy etmoqda.
Buning natijasi o‘laroq bugun, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoy Xalq Respublikasining “Xinjiang Tianye group” kompaniyasi vakili Li Guo Dong bilan uchrashdi.
Unda, suv tejovchi texnologiyalarining butlovchi qismlarini Xitoy texnologiyasi asosida ishlab chiqarishni tashkil loyihasi amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Chunonchi, mazkur loyihani Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida joriy etish, shuningdek, Ulug‘nor tumanidan paxta urug‘chilik klasterini tashkil etish uchun bo‘yicha bir qator masalalar o‘rtaga tashlandi.
Aytish kerak, O‘zbekiston va Xitoy bugun turli loyihalar, avvalambor, yuqori texnologiyalar sohasidagi loyihalarni hayotga tatbiq etish borasidagi hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Shu jumladan, O‘zbekistonda Xitoy kapitali ishtirokidagi faoliyat yuritgan korxonalar soni hozirgi kunda qariyb 2000 ga yaqinlashdi. Bu esa, xitoylik ishbilarmonlarning O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishining ortib borayotganidan darak beradi.
Vazir Ibrohim Abdurahmonov o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlanishi uchun manfaatli bo‘lgan mazkur loyihani amalga oshirish jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi va loyiha ish faoliyati uchun to‘siq bo‘layotgan mavjud muammo va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va amalga oshirilayotgan loyihalar uchun yer maydonlarni ajratilish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berdi.
Xitoy O‘zbekiston bilan ko‘p tomonlama amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bu ham aynan xitoylik hamkorlarning O‘zbekistonga qiziqishining nihoyatda kuchli ekanligidan dalolat beradi.
Zero, Xitoyning olib borayotgan siyosati O‘zbekiston siyosati bilan hamohangligi hamda keyingi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari, mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: