Bugun respublikamizda foydali va erta hosilga kiruvchi rezavor mevalarga bo‘lgan talab ortmoqda. O‘rta Osiyo, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, AQSh va Yevropa davlatlarida keng tarqalgan malina o‘simligini yurtimizning turli hududlarida ham yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Jumladan, Andijon viloyati Asaka tumani “Modern Greenhouse” MChJ tomonidan Navoiy massivida ham qariyb 111 gektar maydonni egallagan adirlik o‘zlashtirilib, “Net-house” usulida issiqxona barpo etilgan bo‘lib, u yerdan malinadan tortib qulupnaygacha turli xildagi rezavorlar yetishtirib kelinmoqda.
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, 21 gektar maydonda malina, 2 gektar qulupnay ekilgan bo‘lib, barcha mahsulotlar intensiv usulda yetishtiriladi.
Hudud adirlik bo‘lgani va bu yerda oqova suv bo‘lmagani sababli tomchilatib sug‘orish usulidan foydalaniladi.
O‘rtacha hosildorlik gektaridan 25 tonnani tashkil etadi. Mahsulot 125 grammdan, 1 kilogrammgacha bo‘lgan idishda qadoqlangan holda, bir qator xorij mamlakatlari, jumladan, Rossiya, Belarus, Gollandiya, Latviya, Litva va boshqa Yevroosiyo davlatlariga eksport qilinmoqda.Aytish kerak, malina yilda ikki marta gullab, hosil beradi. Birinchisi may-iyun oylari bo‘lsa, ikkinchisi avgust oyi oxirlarida. Hadisini bilgan tadbirkor viloyat bo‘yicha jami 511 gektar maydonda rezavorlar ekishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Har mavsumda 200 nafardan ortiq odamni ish bilan ta’minlaydigan fermer asosan mahsulot urug‘larini Belarus, Rossiya va Koreya davlatlaridan olib kelgan. Mahsulotlarni to‘g‘ri va yangicha usulda yetishtirish uchun Serbiya davlatidan agronom yollangan.
Bu yerning yana bir muhim jihati shuki, bu yerda ushbu hududda o‘quv binosi ham mavjud bo‘lib, qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari talaba yoshlari uchun ochiq dala maydonidagi tajriba maydonchasiga aylangan. Bu esa, mahsulotlarning qanday va qaysi uslubda yetishtirilishi, intensiv usulda turli oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirilishi haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.
O‘qituvchilarning asosiy qismi fermer xo‘jaligi agronomlarini tashkil etishi esa nafaqat o‘zi uchun, balki tuman va shaharlarda joylashgan bir qator xo‘jaliklarini ham kelgusida agronom bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: