Keyingi yillarda O‘zbekiston-BAA munosabatlari tobora rivojlanib borayotgani, barcha sohalar qatorida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ham istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani bilan ahamiyatli. Mamlakatlarimizning milliy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar o‘zaro do‘stlik, mustahkam ishonchga asoslangan hamkorlik negizida taraqqiy etmoqda.
Buning natijasi o‘laroq, joriy yilning 22-fevral kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov BAAning Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) direktori Dr. Tarifa Alzaabi bilan uchrashdi.
Unda, ayni paytda dunyodagi o‘zgarishlar fonida agrar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bois, kechagi tajriba bugunga mos kelmayotgani, texnika va texnologiyalar rivojlanib borayotgan bir paytda Orol dengizi va Orolbo‘yi hududlari muammosini yumshatish va bu boradagi iqtisodiy va amaliy yordam masalalari muhokama qilindi.
Vazir o‘z navbatida, bugun dunyoda bo‘layotgan global o‘zgarishlar, ilm-fan va texnika taraqqiyoti ildam odimlayotgan bir paytda orol muammosini bartaraf etishda har tomonlama maqbullik nuqtayi nazaridan yondashish lozimligini qayd etdi.
Qolaversa, sho‘rlanish va qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan ekin turlari ko‘paytirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yerlardan yanada samarali foydalanishni rag‘batlantirish, shikastlangan tuproq va tashlandiq yerlarni qayta ishlash, chorvachilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, noqulay muhitga chidamli oziq-ovqat va yem-xashak ekinlarini joriy etish, agrobiologik xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash hamda sho‘rlangan maydonlarda biodehqonchilik mexanizmlarini yaratish va sohaga innovatsion texnologiyalarni keng jalb qilish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Aytish kerak, Orol fojiasi mintaqa iqlim sharoitini og‘irlashtirib, yoz davrida qurg‘oqchilik hamda jaziramani kuchaytirish, qishda esa qaqshatqich sovuq kunlarni uzaytirib yuborishdan tashqari, qator iqtisodiy, ijtimoiy muammolar bilan bir qatorda agrar sohaga ham jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda.
Bugun islohotlarni izchilligini ta’minlashda bizga kim va qanday yordam bera oladi? Uchrashuvda ko‘tarilgan masala ham shu! Zero, avval sinalgan tajribadan o‘tgan va samara bergan loyihalarni O‘zbekistonga jalb qilish agrar soha rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: