Qish fasli ham nihoyalab, bahor yaqinlashmoqda. Bahorning iliq tafti tabiatning uyg‘onishi, dehqonning mehnatiga unum, yangi bog‘lar yaratishga, yerga urug‘ qadalishiga zamin yaratadi.
Yerga qadalgan ko‘chat unib, hosilga kirishi, kutilgan natijani berishi uchun, avvalo, ko‘chatning sarasini tanlash lozim bo‘ladi.
Xorazm ko‘chalarida ketib borar ekansiz, turli-tuman ko‘chatlarga ko‘zingiz tushadi. Xalqimizning turmush farovonligini yuksaltirish, oziq-ovqat xavfsizligini va aholi bandligini ta’minlashda xorazmliklarning ham o‘rni bor.
Binobarin, tumanning Bog‘olon hududida joylashgan “Xorazm Faxri” fermer xo‘jaligi ham bog‘dorchilikni rivojlantirish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasida jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda.
“Xorazm Faxri” fermer xo‘jaligi 2017-yilda tashkil qilingan bo‘lib, fermer xo‘jaligiga Paxta va G‘allachilik yo‘nalishida jami 794.1 gektar ekin yer maydonlari ajratib berilgan.
Asosan paxta, g‘alla, sholi va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yetishtirishga ixtisoslashgan ushbu fermer xo‘jaligida 2024-yil hosili uchun 353,8 gektar maydonga g‘alla, 388,5 gektar maydonga paxta, 11,8 gektar maydonga kartoshka, 5,3 gektar maydonga sholi, 9,6 gektar maydonga dukkakli ekinlar, 1,4 gektar maydonga sabzovot va 23,7 gektar maydonga boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish maqsad qilingan.
Bundan tashqari fermer xo‘jaligi ko‘p tarmoqli bo‘lib, xududda 21,7 gektar maydonda intensiv mevali bog‘ tashkil qilingan. Hozirda bog‘ maydonlaridan ko‘zlangan hosillar olinib tuman, shaxar yarmarkalariga chiqarib sotish hamda eksport qilish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, fermer xo‘jaligi xududida 0,24 ga maydonda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan issiqxona tashkil qilingan bo‘lib, ushbu issiqxonada xozirgi kundagi bozorbop ko‘katlar, piyoz va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirilmoqda hamda 1,0 gektar maydonda bog‘ qator orasida yengil konstruksiyali plyonka ostida ismaloq ko‘kati yetishtirilmoqda.
Bu o‘z navbatida dehqonchilik madaniyatini, xalqimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirishga, oilalar daromadini oshirishga, aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: