2023-yilning oktyabr va noyabr oylarida Qishloq xo’jaligi vazirligi tizimidagi 8 ta oliy ta’lim muassasalarining 158 nafar professor-o‘qituvchilarilardan iborat Ishchi guruhlari tuzilib, 856 ta tizim va hududiy tashkilotlar hamda ularning tuman bo‘limlari faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra 180 ta tashkilot va muassasalarning faoliyati alohida e’tibor talab qilinishi, ularda ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tili joriy qilinishini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish zarurati aniqlandi.
Vazirlik Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining topshirig‘iga asosan, tizimdagi 8 ta oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilaridan iborat Ishchi guruhlari joriy yilning fevral oyida mazkur tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tilini joriy qilish bo‘yicha faoliyatini lozim darajaga yetkazish borasida amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida hududiy tizim tashkilotlarga yuborildi.
Ishchi guruhlari tomonidan tizim va hududiy tashkilotlarda xodimlarning teatr, davlat muzeylari va tarixiy manzilgohlarga tashriflarini tashkil etish, idoraviy kutubxona yoki siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, sohaviy, badiiy adabiyotlar javoni – ma’naviyat burchagini shakllantirish, ish qog‘ozlari, turli blanklar, muhrlar va shtamplar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlarning hamda idoraviy hujjatlarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqilishini ta’minlash bo‘yicha amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tilini joriy qilish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirishga mutasaddi etib belgilangan xodimlar uchun tarmoq va mintaqaviy seminarlar tashkil qilinmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: