Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mana shunday ishlarning davomi o‘laroq, bugun baliq yetishtirishning barqaror amaliyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutiga zamonaviy anjom va uskunalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdim etilgan asbob-uskunalar baliqchilik xo‘jaliklaridagi suvning sifati va energiya samaradorligini oshirish orqali baliqlarning yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Yangiyo’l tuman hokimligi vakillari va Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti tadqiqotchilari ishtirokidagi tadbirda so‘zga chiqqanlar baliqchilik tarmog‘i O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarishning muhim tarmog‘i hisoblanishi va ushbu tarmoq mamlakatimiz aholisini yuqori sifatli oqsil bilan oziqlantirishi orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlayotganini alohida ta’kidladi. Baliqchilik tarmog‘i esa, qishloq joylarida yangi ish o‘rinlari yaratish, shu orqali aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishini qayd etdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: