Xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada kechayotgan islohotlarning bevosita joylardagi ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida ayni paytda navbatdagi tashrif bilan Qashqadaryoda bo‘lib turibdi.
Joylarda agrar sohadagi islohotlarning ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganib, ularning yechimlarini ishlab chiqishni maqsad qilgan vazirning navbatdagi tashrif lokatsiyasi Qarshi shahrida joylashgan Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti bo‘ldi.
Aytish kerak, 2021-yilda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Qashqadaryo filiali negizida tashkil etilgan. Institutda 3 nafar professor, 3 nafar fan doktori hamda 16 nafar falsafa fanlari doktori faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur muassasada uzoq yillik ilmiy izlanishlar natijasida bug‘doyning 33 ta, arpaning 4 ta, no‘xatning 2 ta yangi navlari yaratilgan.
Institutda fitotron, genom texnologiyalari va dala tajribalari asosida boshoqli va dukkakli don, yem-xashak va ozuqa, moyli va noan’anaviy ekinlarning kasallik va zararkunandalarga chidamli, hudud tuproq-iqlim sharoitlariga mos, tezpishar, hosil sifati yuqori, raqobatbardosh yangi navlar yaratish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, mintaqalarning tabiiy-iqlim sharoitlariga javob beradigan xorijiy va mahalliy boshoqli va dukkakli don, yem-xashak va ozuqa, moyli va noan’anaviy ekinlar navlarini tanlab olish va joylashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlanmoqda. Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan mazkur muassasada 12 ta laboratoriya mavjud.
Vazir institutning ochiq maydon va issiqxonalardagi tajriba dalalarida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bilan tanishar ekan, Qashqadaryo qishloq xo‘jaligi o‘ziga xos maktab yaratilganligi, bugun qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion bilim va amaliyotning birgalikda olib borilishi uchun institut yosh ilmiy xodimlari malakasini xorijda oshirish, o‘z navbatida, ma’nan eskirgan, avvallari yaratilgan texnikalarni zamon talabiga javob beradigan, raqobatbardosh texnikalar bilan o‘zgartirish, bunda barcha ishlanma va yosh olimlarning izlanishlariga keng o‘rin berilishini ta’kidladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: