Bugun qay soha va yo jabhaga qaramang – hammasida yangilikka intilish, ilmni amaliyotga joriy etish hamda zamonaviy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish kabi vazifalar ustuvorligiga duch kelishimiz tabiiy. Yangilikni odat qilib yashash ayni davr talabi. Buni yoshu-qari birdek idrok qilayotgani bor gap.
Jumladan, Nukus tumanida joylashgan “Biogumus farm” ham ayni shu maqsadlar asosida tashkil etilgan korxonalardan biri. Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boylab davom etayotgan tashrifi davomida ayni manzilda bo‘lgani ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Bugungi kunda mazkur korxona tomonidan 60 gektar maydonda pomidorning Italiyadan olib kelingan kasallik va tuproq sho‘rlanishiga chidamli “Sanmarsano” navi yetishtirilmoqda. Quvonarli jihati shundaki, har tupidan 280 kilogrammgacha hosil olinmoqda. Yillik eksport 310 ming dollar. Korxonada 90 ta doimiy va mavsumga qarab yana 110 nafar ishchi o‘rni mavjud.
Vazir Ibrohim Abdurahmonov korxona faoliyati bilan tanishar ekan, bugun dunyoda bo‘layotgan global o‘zgarishlar, ilm-fan va texnika taraqqiyoti ildam odimlayotgan bir paytda mahsulot yetishtiruvchilar va ishlab chiqaruvchilar o‘zaro munosabatlarda har tomonlama maqbullik nuqtayi nazaridan yondashish lozimligi, bu borada amalga oshirilishi rejalashtirilgan har bir innovatsion loyiha vazirlik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi qayd etildi.
Umuman olganda, mamlakatimiz agrar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar davlatimiz rahbari tomonidan soha mutasaddilari oldiga qo‘yilayotgan vazifa va belgilab berilayotgan topshiriqlar ham aynan qishloq xo‘jaligining rivoji yurtdoshlarimizning farovon hayot kechirishlarini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: