Sabzavotlarni uzluksiz bir yerda almashtirmasdan ekish ularni o‘stirishda, hosil olishda salbiylikka olib keladi. Natijada shu turdagi o‘simlik uchun xos bo‘lgan bir necha xil kasalliklar, shu o‘simlik zararkunandalarini ko‘payishga olib keladi.
O‘z navbatda qayd qilinganlar sabzavot o‘simligini umumiy rivojlanishiga, hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning oldini olish, sohani barqarorlashtirish uchun sabzavotlar o‘rnini almashtirib turish taqozo etadi.
Binobarin, bu ishlarni amalga oshirishda o‘simlikshunoslikdagi zarur mavjud qoidalarga rioya qilinishi kelajakda yuqori hosil olish zaminini yaratadi.
• bir xil o‘simlikni (pomidor, karam va h.k) bir yerga uch yildan so‘ng qayta ekish;
• tuproq oziqasiga va namligiga talabchan ekin ekilgan yerga, ikkinchi marta tuproq oziqasiga va namlikka talabi kamroq sabzavot ekish;
• ildizi yerning yuza qismiga joylashgan sabzavot ekish;
• karam, bodring, tomatdoshlar turkumiga mansub va kartoshka ekilib, ularni faqat go‘ng, kompost bilan oziqlantiriladigan yerlarga, ikkinchi va uchinchi yillarda ildiz mevali sabzavotlar (sabzi, lavlagi, turp, sholg‘om va boshqalar) va piyoz ekilsa, hosildorligi yuqori bo‘ladi hamda o‘z navbatida ekinni iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘ladi;
• ishlov berishni ko‘p talab qiladigan sabzavot ekinlaridan so‘ng natijada yerlar begona o‘tlardan xalos bo‘lgandan keyin u yerlarga sabzi va piyoz ekilishini taqozo qiladi;
• takroriy sabzavot ekiladigan yerlarga ertagi sabzavotning eng tezpishar navlarini ekilishi lozim;
• tomatdoshlar turkumidagi sabzavotlardan kartoshka, pomidor, achchiq-chuchuk qalampir va baqlajon o‘simliklari bedadan bo‘shagan maydonlarga va dukkakli o‘simliklar, karam, piyoz va ildizmevali sabzavotlardan bo‘shagan yerlarga ekilganda yuqori hosil berishi tajribada tasdiqlangan.
Sabzavotlardan karam, kartoshka, poliz o‘simliklari va bodring, ildiz mevalilar, piyoz hamda sarimsoq uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekinlar hisoblanib, ular yerni zararkunandalardan va begona o‘tlardan muhofaza qilib hosildorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: