Bugun, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoyning “JINHAI Technology” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Unda, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda chorvachilikni rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida qaralayotgani qayd etildi. Binobarin, Xitoyning baliqchilik sohasida juda ham katta maktabi bor ekanini inobatga olib, nafaqat baliq kasalligiga qarshi kurashishning yangi texnologiyalari, balki, hayvon kasalliklarini oldini olish borasida vaksinaga bo‘lgan talabni qondirish va bu borada bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Aytish kerak, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda chorvachilikni rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida qaratilmoqda. Jumladan, xorijiy davlatlardan naslli chorva mollari olib kelinib, go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtirish hamda uni qayta ishlash orqali aholiga sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda. Biroq, chorva mollarini boqish va ularni yuqumli kasalliklardan asrash borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina. Mazkur uchrashuvda ayni shu masalalar diqqat markazida bo‘ldi.
Vazir I.Abdurahmonov o‘z navbatida, “JINHAI Technology” kompaniyasi investitsiyasi asosida O‘zbekistonda chorva mollarini yuqumli kasalliklardan asrash bo‘yicha vaksina ishlab chiqaradigan hamkorlikdagi qo‘shma korxona ofisini Toshkent davlat agrar universiteti hududidan ochish hamda tez fursatlarda Samaqdand veterinariya meditsinasi instituti ilmiy xodimlari bilan hamkorlikda vaksina ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarurligini qayd etdi.
Bu korxonaning tashkil etilishi orqali nafaqat yurtimizdagi chorva mollarini arzon, sifatli, xalqaro sertifikatga ega vaksina bilan emlash, balki, ishlab chiqarilgan mahsulotni chet elga eksport qilish imkonini ham beradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: