Amaliy tashrif bilan Xorazm viloyatida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tashrif dasturiga muvofiq, viloyatning Xonqa tumani “Vaisyoz Qahramon” fermer xo‘jaligi dala shiyponida viloyatning qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, tumanlar hamda vazirlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlari hamda soha xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yilga mo‘ljallangan istiqbolli loyihalarni statistika taqdimoti bilan boshlangan yig‘ilishda vazir Ibrohim Abdurahmonov eng avvalo bu kabi raqamlar hisobotini vijdonan yondashilgan holdagi aks ettirilgan bo‘lishi lozimligi qayd etdi.
Bunda eng asosiysi, har bir rahbar bugun mahsulot ishlab chiqarish bilan birgalikda xorijga nima eksport qila oladi, qanday yangi investitsiya jalb qilish mumkin, har bir qarich yerdan unumli foydalanilyaptimi, yoshlarga qulay sharoit yaratib berilyaptimi kabi savollarga javob bera olishi va ishga mas’uliyat bilan yondashishi lozimligi qayd etildi.
Shuningdek, taqdimot davomida joriy yil hosili uchun dehqon xo‘jaliklari tomonidan asosiy va takroriy maydonlarga ekiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadigan hosil, aholi bandligini oshirish, zamonaviy resurs tejamkor sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, paxtachilik sohasida agrosanoat klasteri va kooperativlari faoliyatini rivojlantirish, joriy yil davomida agrar sohada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, maqsadli investitsion loyihalarni jalb etish va kadrlar salohiyatini oshirish masalalari xususida so‘z yuritildi. Qolaversa, har bir tuman va shahar rahbarlari kunlik reja asosida ish olib borishi zarurligi qayd etildi.
Yig‘ilish uchun aynan bu joyning tanlanishi ham bejiz emas. Vazir o‘z navbatida, Davlatimiz rahbarining belgilab bergan vazifalaridan kelib chiqqan holda bugun O‘zbekiston agrar sohasini tubdan o‘zgartirish lozimligi, soha rahbarlari avvalombor agrar ta’limga e’tibor qaratishi zarurligi, bunda rahbarlar muassasalarini borib o‘rganish zarurligi, qaysi sohada ta’lim berilyapti, qaysi mutaxassislarga ehtiyoj katta. Bu borada uxlab yotmasdan hozirdanoq harakat qilish zarurligini ta’kidladi. Xorazmda 2 ta o‘rta bo‘g‘in kadrlarni tayyorlaydigan ta’lim muassasasi bor, biroq, agronom, mexanizator, veterinar, bog‘bon, fermer, irrigatorlar, qolaversa, zamonaviy issiqxonalarni boshqaradigan mutaxassis kadrlarni o‘qitish uchun mutaxassis yetarlimi? Axir, ularni ham o‘qitish kerakku. Ta’lim muassasalarining borligi ularni yetuk kadr tayyorlashga qaratilgan o‘quv dasturi esa, mutlaqo bugungi kun talablariga javob bera olmaydi.
Agrar soha olimlari faqatgina tajriba maydonlarida emas, balki fermerlarning yer maydonlarida, dehqonlarning dalalarida o‘z tadqiqot ishlarini olib borishi lozimligini, bunda esa nafaqat ilm ahliga, balki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga ham birdek manfaat mavjudligini ta’kidlar ekan, ko‘zlangan asosiy maqsad qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligini oshirish, import o‘rnini bosadigan sifatli ekinlar urug‘larini o‘zimizda yetishtirishni yo‘lga qo‘yish hamda yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash barobarida qishloq aholisining daromadlarini oshirish ekanligiga e’tibor qaratdi.
Aytish kerak, bugun Xorazm diyorining har bir hududida qishloq xo‘jaligi bo‘limlari faoliyat olib bormoqda. Viloyatda olib borilayotgan islohotlar esa, qoniqarli darajada emas.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda 2023-yilda viloyat yalpi ichki mahsuloti va eksport salohiyati ham yetarli bo‘lmagani, bu kabi sustkashliklarning sababi va joriy yil hosili uchun ekiladigan urug‘lik va kutilayotgan hosil, agrar sohada erishilgan kelishuvlar va loyihalar samaradorligini oshirish, bu boradagi hamkor tashkilotlar bilan samarali ishlash mexanizmini yo‘lga qo‘yish, xususan, qishloq xo‘jaligida ish jarayoni sekinlashib qolgan mavjud xorijiy investitsiya loyihalarining muammolarini aniqlash va loyihani qayta ko‘rib chiqish hamda ularga ijobiy yechim topish bo‘yicha samarali chora ko‘rish masalasi muhokama qilindi.
Vazir I.Abdurahmonov o‘z navbatida, viloyat qishloq xo‘jaligini ekologik jihatdan eng xavfsiz, bioxilma-xillikni qo‘llab-quvvatlaydigan usulda, suv resurslaridan oqilona foydalangan holda rivojlantirish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, intensiv bog‘ yaratish, tabiiy va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, o‘z yechimini kutayotgan loyihalarni tizimli amalga oshirish qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratishning muhim jihatlaridan biri ekanini qayd etdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: