Xabaringiz bor, Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi.
Tashrif davomida Qumqoʻrgʻon tumanida joylashgan “QumTeks” MCHJ tomonidan tashkil etilgan qayta ishlash korxonasida koʻzga koʻringan ishlab chiqaruvchi – klaster rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda ayni paytda dunyodagi oʻzgarishlar fonida agrar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bois, kechagi tajriba bugunga mos kelmayotgani, texnika va texnologiyalar rivojlanib borayotgan bir paytda qishloq xoʻjaligi ekinlarini, xususan, paxtani tomchilatib sugʻorishga toʻliq oʻtkazish, kanal va ariqlarni betonlash orqali mavjud suv zaxirasidan unumli foydalanish, shuningdek yetishtirilayotgan mahsulotlarning qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratish bugungi davr talabi ekanligi taʼkidlab oʻtildi.
Vazir oʻz navbatida, bugun dunyoda boʻlayotgan global oʻzgarishlar, ilm-fan va texnika taraqqiyoti ildam odimlayotgan bir paytda mahsulot yetishtiruvchilar va ishlab chiqaruvchilar oʻzaro munosabatlarda har tomonlama maqbullik nuqtai nazaridan yondashish lozimligini qayd etdi.
Davlatimiz rahbari tomonidan aynan klaster tizmi yoʻlga qoʻyilgani ham avvalo mahsulot tannarxini tushirish, xalq maʼmurligi va oziq-ovqat xavfsizligi bosh omil ekanini oʻylash va shu asosda ish olib borishni koʻzda tutgan. Hamjihatlik va hammaslaklik boʻlmagan joyda albatta, taraqqiyot boʻlmaydi. Hamma bir birini tushungan holda ish yuritsa, masala oʻlda-joʻlda emas, balki aniq maqsadlar asosida tizimli ish olib borilishi, hamda qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yigʻilish asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Dadil fikrlar oʻrtaga tashlandi, masalaga shu yerning oʻzida yechim berildi. Asosiysi bugungi kunda bu kabi muloqot nafaqat har bir tuman, kerak boʻlsa har bir klaster va fermer xoʻjaliklarida oʻtkazish toʻgʻrisidagi fikrga kelindi. Bunda qilinayotgan ishlarning samarasi boʻladi, muammoli masalalarga ayni jarayonining oʻzidan kelib chiqqan holda yechim topiladi. Eng asosiysi, bugun qilinayotgan har bir islohot dehqonning, quyi boʻgʻindagi har bir insonning hayot tarzini yaxshi tomonga oʻzgartirish, farovonlikni oshirishga xizmat qilishi muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Uchrashuv uchun ayni shu joyni tanlanishi ham bejiz emas, hali ishga tushish arafasida boʻlgan mazkur korxona Yevropadan eng soʻnggi texnologiyalar olib kelinishi rejalashtirilgan. Shu kabi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarishning yangi nafasini tatbiq etish. Mazkur klaster rahbari ham qishloq xoʻjaligi, ham ishlab chiqarish sohasida omilkor.
Vazir ayni jihatni eʼtirof etar ekan, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, oziq-ovqat xavfsizligiga erishish, yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifatini oshirishga nafaqat yurtimizda, balki dunyo miqyosida alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz agrar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar davlatimiz rahbari tomonidan agrar soha mutasaddilari oldiga qoʻyilayotgan vazifa va belgilab berilayotgan topshiriqlar ham aynan qishloq xoʻjaligining rivoji, yurtdoshlarimizning farovon hayot kechirishlarini taʼminlashda muhim omil boʻlib xizmat qilishini alohida qayd etdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: