Respublikamizdagi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlari tuproqlarining unumdorligini saqlash, oshirish va Mineral o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish maqsadida joylarda fermer xo‘jaligi rahbarlari va boshqa yerdan foydalanuvchilar bilan birgalikda “Tuproqsifattahlil” DUK ning tuproqshunos xodimlari dala tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Ayni kunlarda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi mavjud 29229 gektar va Karmana tumanidagi jami 16391 gektar sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlari tuproqlari sifatini baholash (bonitirovka) ishlari hamda tuproqning asosiy ozuqa elementlari bilan taʼminlanganlik darajasi bo‘yicha agrokimyoviy kartogrammalarini tuzish ishlari o‘tkazilmoqda.
Bunda tuproq sifatini baholash (bonitirovka) ishlarini amaldagi metodikaga asosan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining har 50 gektar yer maydondan asosiy (namunali) kesma qaziladi va tuproq namunalari genetik qatlamlardan olinadi hamda har 10 gektar maydondan oraliq va yordamchi kesmalar (razrezlar) qaziladi. Shuningdek, agrokimyoviy kartogrammalarini tuzish ishlarini bajarish uchun sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining har 5 gektaridan konvert yoki zig-zag usulida tuproq namunalari olinadi. Ushbu tuproq namunalari talabnoma asosida kimyoviy tahlil uchun topshiriladi. Tumanlar va hududlardan keltirilgan tuproq namunalaridan laboratoriyada kimyoviy tahlillar o‘tkaziladi. Shundan so‘ng kameral ishlari (dala va laboratoriya hujjat, maʼlumotlariga asosan massivlar kesimida 1:10000 miqyosdagi tuproq sifatini baholash (bonitirovka) hamda agrokimyoviy kartogrammalari tuzilib (buyurtmachi vakillariga) viloyat va tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlariga xizmatda foydalanish uchun topshiriladi.
Dala tadqiqot ishlari davom etadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: