Tanlov uch bosqichda bo‘lib:
birinchi bosqichda talabgor mazkur havola orqali ariza to‘ldiradi.
ikkinchi bosqichda nizom talablariga javob bergan talabalar (ta’lim yo‘nalishiga qarab)bir ta’lim dasturi dekani tomonidan suhbat qilinadi va suhbat naytijasiga ko‘ra universitetga qabul qilinadi.
uchinchi bosqichda universitetga qabul qilingan nomzodlar vazirlik stipendiyasi uchun quyidagi hujjatlarni topshiradi:
a) quyidagi havola orqali onlayn shakldagi ariza
b) amaldagi xorijga chiqish pasporti;
d) bakalavr diplomi *(agar talabgor so‘nggi bosqich talabasi bo‘lsa, bakalavr darajasini 2024-yil 31-iyulga qadar olishi to‘g‘risida ingliz tilida ma’lumotnoma);
e) Davlat imtihoni natijalari ko‘rsatilgan diplom ilovasi (yoki ma’lumotnoma – Reyting daftar tarjimasi) va baholash tizimi haqida ma’lumotnoma;
f) B2 darajadagi ingliz tili sertifikati (IELTS, CAE, TOEFL, Pitman, ESD, Pearson) yoki to‘liq ingliz tilida o‘qitiladigan bakalavr dasturida qatnashganligini tasdiqlovchi hujjat;
g) ingliz tilida yozilgan ma’lumotnoma (CV);
h) Qiziqishlari haqida (Motivatsiya xati) insho;
j) O‘qishga qabul qilinganlik xati (acceptance letter – ikkinchi bosqichdan muvofaqqiyatli o‘tgan nomzodlarga beriladi).
Qo‘shimcha savollar uchun better.regulation@agro.uz email ga murojaat qilishingiz mumkin.
Arizalar 2024-yiling 25-aprelidan 24-mayigacha qabul qilinadi.
Eslatma: grand loyihasiga ko‘ra o‘qishga qabul qilingan talabalarning o‘qish xarajatlari to‘liq qoplanadi!
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: