Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari, AKIS markazlari, ilmiy- tadqiqot institutlarida faoliyat yuritayotgan inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish hamda yuridik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarining malakasini va xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida amaliy-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Unda kadrlar siyosati, davlat xizmatida olib borilayotgan yangiliklar va islohotlar, xodimlar bilan ishlash faoliyatini samarali tashkil etish, davlat fuqarolik xizmatiga ochiq tanlov orqali ishga qabul qilish, zamonaviy raqamli texnologiyalar orqali xodimlar hisobini yuritish va mehnat munosabatlariga oid mavzular muhokama etildi.
Mazkur amaliy-seminarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va “UZINFOCOM” MChJ mutaxassislari ishtirok etishdi.
Video-konferens-aloqa shaklidagi seminarda bugungi kunda davlat xizmatida yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish, mehnat munosabatlarini tartibga solish, xodimlarning ma’lumotlarini yagona milliy mehnat tizimi va argos.uz dasturiga kiritish, korrupsiyaga qarshi kurash va boshqa sohaga oid mavzular bo‘yicha ishtirokchilarga batafsil tushunchalar berildi.
Amaliy-seminar savol-javoblar, ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, qatnashchilar barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ozlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.
Tadbir yakunida inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish va yuridik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishining kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: