Bugun, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Ummon Sultonligi “Atyab Foodtech” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Unda, dunyo miqyosida global masalaga aylangan oziq-ovqat xavfsizligi, bu borada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatini oshirish borasida fikr almashildi.
Muloqot chog‘ida davlatimiz rahbari boshchiligida agrar soha rivoji yo‘lida amaliyotga joriy etilayotgan keng ko‘lamli islohotlar fonida vazirlik tomonidan fermer va klaster xo‘jaliklari uchun yaratilgan imkoniyat, oziq-ovqat mahsulotlari eksport salohiyati yuzasidan ma’lumot berib o‘tildi.
Aytish kerak, “Atyab Foodtech” kompaniyasi gigiyenik jihatdan toza balanslashtirilgan yeguliklarga ega bo‘lish, oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli qayta ishlash uchun yangi texnologiyalar ishlab chiqish, xalq iste’mol mollarini xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash singari masalalar borasida ko‘mak ko‘rsatadi.
Suhbat chog‘ida Respublikada ishlab chiqarilayotgan va olib kirilayotgan mahsulotlarni xalqaro talablar asosida sinovdan o‘tkazish bo‘yicha zamonaviy tajriba laboratoriyalar tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Vazir o‘z navbatida, bugun dunyoda bo‘layotgan global o‘zgarishlar, ilm-fan va texnika taraqqiyoti ildam odimlayotgan bir paytda mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi ta’minlash va uning sifatini oshirishda mazkur laboratoriyalarni o‘rni muhim ekanligini qayd etdi.
Suhbat asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda galdagi vazifalar va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlash yuzasidan qilinadigan ishlarning ko‘lami belgilab olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: