Bugun Qishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda “Baladna” kompaniyasining iqtisodiy masalalari bo’yicha maslahatchisi Shon Makellin o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda Qatarning Baladna kompaniyasi tomonidan Jizzax viloyatida tashkil etilishi kutilayotgan sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish, yirik chorvachilik kompleksini tashkil etish ishlarini jadallashtirish hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kuchaytirish kerakligi haqida muhokamalar bo’lib o’tdi.
Shu bilan birgalikda Qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat yo’nalishi bo’yicha kelgusida boshqa yirik loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ham ko’rib chiqildi.
Bundan tashqari Shon Makkeling Qishloq xo’jaligi vazirligi tomonidan loyiha doirasida amalga oshirlayotgan ishlar uchun o’z minnatdorchiligni bildirgan holda, keyingi bosqichlarda Baladna kompaniyasi tomonidan O’zbekistonga tashrif buyuradigan vakillar bilan loyiha amalga oshirilishi kutilayotgan joylarga chiqib, o’rganish ishlarini olib borish kerakligi haqida o’z fikrini bayon etib o’tdi.
Uchrashuv yakunida Ibrohim Abdurahmonov loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qildi hamda bu ikki tomon uchun manfaatli bo’lishini ta’kidlab o’tdi.
Aytish kerakki, «Baladna» Baladna kompaniyasi sut va sut mahsulotlari, sharbat va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini olib boradi. Hozirgi kunda «Baladna» fermasida 24 000 ga yaqin (Holstein) sigirlar mavjud.
Kompaniya kuniga 450 tonna sut, sut mahsulotlari va sharbat ishlab chiqarish quvvatiga ega. Kompaniya sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda 100 foiz o‘z xomashyosidan foydalanadi. Shu bilan birga kompaniyada 1650 nafar xodimlar faoliyat yuritadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: