Germaniya tadqiqotchilari begona o‘tlarni samarali yo‘qotadigan purkash uchun mulch materialini ishlab chiqdilar.
Ma’lumot uchun: Mulchalash – bu tuproq yuzasini maxsus ozuqa moddalar bilan to‘yintirish jarayoni. Bu o‘z navbatida hosildorlikni oshirishda hamda tuproq va o‘simliklar ildizlarini himoya qilishda yordamchi vazifasini bajaradi.
Yangi loyihada Bavariyaning Shtraubing shahridagi Technologie- und Förderzentrum (TFZ) mutaxassislari bog‘lar va uzumzorlardagi tuproqni maxsus ozuqa moddalari bilan to‘yintirish uchun purkagich moddasining amaliy jihatdan yaroqliligini o‘rganib chiqdi. Natijada, yangi material gerbitsidlar ta’siri bilan taqqoslanadigan ta’siriga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Yana bir afzalligi: mulch materiali atigi bir vegetatsiya davrida parchalanib yo‘q bo‘lib ketadi, bu esa oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligida kalit rolini o‘ynaydi.
“Mulch materiali o‘simliklarda jismoniy to‘siq hosil qilib himoyalaydi, shu bilan birga begona o‘tlarning unib chiqishi va o‘sishiga to‘sqinlik qiladi”, – deb tushuntiradi doktor Mikael Kirxinger.
Material, raps yog‘i, kraxmal va suvdan iborat. O‘sish davrining oxiriga kelib, u mikroorganizmlar tomonidan parchalanadi, shunda tuproqda hech qanday qoldiq qolmaydi.
Yovvoyi va begona o‘tlarga qarshi effektiv kurashishdan tashqari, mulchalash materiali yer osti va sug‘orish suvlarini bug‘lanishdan himoya qilish kabi ijobiy ta’sirga ham ega. Bu, ayniqsa, suv tanqis bo‘lgan hududlarda foydali bo‘lishi mumkin.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: