Buzoqboshi (Gryllotalpidae) – asosan yer ostida yashaydigan yirik bo‘g‘im oyoqli hasharotdir. Dunyo bo‘ylab ularning 100 ga yaqin turi mavjud bo‘lib 3-yil umr ko‘radi.
Asosan, bahor faslida yer ostida 350 ga yaqin tuxum qo‘yadi. Lichinkalar 20 kunlik vaqtida o‘simlik ildizlarini kesib, hosilga zarar yetkazishni boshlaydi.
Odatda, pomidor, karam, qalampir, kartoshka, daraxt va butalar ushbu zararkunandalardan ko‘p aziyat chekadi. Binobarin, hali unib chiqmagan gullar va sabzavotlarning urug‘larini yo‘q qilishi, lavlagi va kartoshka ildizlarini yeyishi ham mumkin.
Buzoqboshi zararkunandasini nafaqat qurib qolgan hosil, balki yer yuzidagi o‘ziga xos kichik chuqurchalar orqali ham aniqlash mumkin.
Quyidagi usullar orqali buzoqboshi hasharotini yo‘q qilish mumkin:
Tuxum po‘chog‘i – kukun holiga keltirib o‘simliklar ekish paytida yerga sepilishi zararkunandalar uchun eng xavfli qopqon hisoblanadi. Sababi uning hidi hasharotlarni o‘ziga tortadi, qobiq iste’moli esa ular uchun halokatlidir.
Go‘ngli tuzoqlar – hasharotlarning sevimli ozuqasi ammo sovuq ob-havo go‘ng atrofida yig‘ilgan hasharotlarni nobud qiladi.
Suv idishlari – taxminan uchdan ikki qismiga suv to‘ldiriladi. Hasharotlar suvga tushib ketadi, lekin silliq devorlari orqali qaytib chiqa olmaydi.
Granula ko‘rinishidagi insektitsid – hosil ekish vaqtida 4-5 sm chuqurlikka joylashtirish ko‘plab zararli hasharotlardan, shu jumladan buzoqboshidan, piyoz chivinlaridan va turli qurtlardan xalos qiladi.
Biologik mahsulotlar – zararkunanda hasharotlar uchun xavfli, ammo hosilga zarar yetkazmaydi. Ko‘pincha, preparatlar tuproqni yumshatish uchun ishlatiladi.
Ma’lumot o‘rnida: ko‘pgina yer hasharotlari, shu jumladan buzoqboshilar, tunnellarni qazish orqali tuproq aeratsiyasini yaxshilaydi. Ularni ochiq maydonda ham, issiqxonada ham paydo bo‘lishi mumkin.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: