Kuzgi yumshoq bug‘doyning “Davr” navi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan.
Umumiy tavsifi yarim pakana bo‘yli poyasi tikka o‘sadi, bo‘yi 80-85 sm, poyasi yotib qolishga chidamli. Lutescens (qiltiqsiz) tur xiliga mansub, o‘rta pishar, tuplanishi va mahsuldor poyalar shaklanishi yuqori. Boshog‘i silindrsimon, boshoqda boshoqchalar zich joylashgan, boshoq uzunligi o‘rtacha, har bir boshoqda 16-19 tagacha boshoqcha hosil qiladi.
Hosildorligi: navning don hosildorlik potensiali yuqori, o‘rtacha hosildoriligi gektaridan 80,0-100 sentnerni tashkil etgan.
Un va nonboblik sifati: 1000 dona don vazni 41-43 g., don naturasi 760-800 g.l. Mineral o‘g‘itlar nisbati to‘g‘ri qo‘llanilganda qimmatbaho donni shakllantiradi.
Kasalliklarga chidamliligi: dala sharoitida qo‘ng‘ir va sariq zang, septarioz kasalliklariga chidamli.
Nonboplik xususiyatlari: nav “qimmatbaho” don berib, nonbopligi yaxshi.
Ekish muddati: navni mintaqa uchun maqbul kechki muddatlarda ekish tavsiya etiladi.
Ekish meʼyori: 3,5-4.5 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekish tavsiya etiladi.
Kuzgi yumshoq bug‘doyning “Yuka” navi “P.P.Lukyanenko nomidagi Don milliy markazi” olimlari tomonidan yaratilgan.
Umumiy tavsifi: nav o‘rta bo‘yli, o‘simlik bo‘yi 80-85 sm. yotib qolishga chidamli. O‘rtakechpishar. Tur xili Lutescens (qiltiqsiz). Doni qizil, yirik, ovalsimon uzunchoq shaklda.
Hosildorligi: navning hosildorligi yuqori, potensial hosildorligi gektaridan 110 sentner. 1000 dona don vazni 40-43 gr.
Nonboplik xususiyatlari: donining sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha “qimmatbaho” bug‘doylar guruhiga kiradi.
Kasalliklarga chidamliligi: nav tabiiy sharoitda qo‘ng‘ir zang kasalligiga o‘rtacha beriluvchan, sariq zang kasalligiga chidamli, septorioz, barg sariq dog‘lanish kasalligiga o‘rtacha beriluvchan, qishga, sovuqqa o‘rtacha chidamli, qurg‘oqchilikka chidamliligi yuqori.
Ekish muddatlari: mintaqa uchun maqbul muddatlarda ekish tavsiya etiladi.
Ekish meʼyori: maqbul muddatlarda ekilsa 5 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida bo‘ladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: