Bugungi kunda joylarda hayvonlarda yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish, ularni emlash hamda zarur profilaktik tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirish bo’yicha bir qator amaliy seminar va o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.
Shunday seminarlardan biri Buxoro viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i va bir qator hamkor tashkilotlar xodimlari, chorvachilikni rivojlantirish bo‘lim boshliqlari, bo‘limning tegishli mutaxassislari hamda mavjud veterinariya uchastka mudirlari jalb qilingan holda, 2024-yil davomida viloyat hududlarida epizootiyaga qarshi profilaktik tadbirlarni amalga oshirish va ularni monitoring tizimini yaxshilash hamda hozirgi kundagi ob-havo sharoitida profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida samarali va sifatli o‘tkazish maqsadida seminar tashkil etildi.
Dastlab, Buxoro viloyati hamkor tashkilotlari tomonidan zooantroponoz o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar berildi.
Tadbir davomida, mutaxassis xodimlarga har bir chorva mollari saqlanadigan xonadonlardagi hayvonlarni veterinariya ko‘rigidan o‘tkazilishini va emlanishini qayd etib borish bilan birgalikda hayvon egalariga kasalliklar to‘g‘risida tushuntirish ishlar olib borish, epizootik tadbirlarni o‘z vaqtida va samarali o‘tkazilishi uchun hududdagi sohaga taaluqli barcha mutaxassislar to‘liq jalb qilish, profilaktik tadbirlar bo‘yicha yuritilayotgan hisobotlar, dalolatnoma va ro’yxatlarni belgilangan shaklda to‘g‘ri va sifatli yuritish to‘g‘risida tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: