Kuni kecha Qishloq xo‘jaligi vazirligida Davlatimiz rahbari boshchiligida 2024-yilning 16-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi hamda vazirlik tizimida byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Mehriddin Abdullayev, Bosh prokuror o‘rinbosari Salom Samadov hamda vazirlikning mas’ul rahbar xodimlari va hududiy boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda Hisob palatasi bilan hamkorlikda mablag‘larning maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan onlayn monitoring va nazoratni olib borish kerakligi hamda bu borada tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilayotgani tizimda korrupsion holatlarini yo‘q qilishda muhim ahamiyat kasb etishi aytib o‘tildi.
Vazir o‘z navbatida, vazirlik uchun ajratilgan byudjet mablag‘larini maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash bo‘yicha maqsadli ishlar olib borilayotganini qayd etdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: