Ayni paytda Veterinariya va chorvachilik sohasi mutaxassislaridan iborat yurtimiz delegatsiyasi xorijning ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida Yaponiya davlatida bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi vitse prezidenti Sachiko Imoto bilan uchrashdi.
Unda, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xususan, JAICA bilan “O‘zbekistonda chorvachilik sohasini rivojlantirish” hamkorlik loyihasi yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, mutaxassislarning kunchiqar yurtda malakasini oshirishni ko‘zda tutuvchi grant loyihasi imzolandi.
Muzokaralar davomida Sachiko Imoto veterinariya va chorvachilik sohalarida so‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan islohotlarni yuqori baholab, sohaga zamonaviy innovatsiyalar va tajribalarni joriy etishda hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini ma’lum qildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: