Keyingi yillarda yurtimizda chorvachilikni rivojlantirish, xorijdan naslli qoramollarni keltirib ko‘paytirish uchun qulay imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bunday imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi bir guruh tadbirkorlar soha rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda. Jumladan tumanning “G‘allaquduq” MFYda joylashgan «Nasiba Abror“ MCHJ rahbari Abror Adenov yaqinda Estoniya davlatidan 66 bosh naslli qoramol olib keldi.
Hozirda mazkur jamiyatda qoramollarni parvarishlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, joriy yilning birinchi bosqichida tadbirkor xorijdan yana 66 bosh zotdor qoramollarni olib kelish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, keyingi yillarda tumandagi tadbirkorlar tuyachilik yo‘nalishiga ham qiziqish bildirmoqda. Tuyalar o‘zining suvsizlikka chidamli, beminnat yuk tashuvchi, go‘shti va suti, juni bilan qadrlanadigan jonzotdir.
Qolaversa, “Aziyo Agro Baraka» MCHJ rahbari Shuhrat Yo‘ldoshev ham Qozog‘istondan 40 bosh naslli tuyalar olib kelib, parvarishlamoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: