Bugun butun dunyoda sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab va ehtiyoj yuqori bo‘lib turgan bir davrda xalqimizga xos bir parcha yerdan unumli foydalanish xususiyati yanada muhimlik kasb etayotgandek. Qolaversa, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib turibdi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi mas’ullari Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi Turkmaniston hududida bo‘lib, dala chetlariga ko‘chat ekishni tashkil qildilar. Mutaxassislar hudud mirishkorlari bilan suhbatlashib, iqlim sharoitidan kelib chiqib, o‘rik, behi, jiyda, tut ko‘chatlarini ekishni tavsiya qildilar.
Shuningdek agentlik xodimlari tumanning Mehnatobod hududida sabzi ekkan fermer xo‘jaliklari egalari bilan ham uchrashdilar. Bozorlarda sabzavot va poliz ekinlarining narxlar barqarorligi, qilingan xarajat va olingan hosil yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, hosildorlikni yanada oshirish, eksport qilish, ko‘proq e’tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar bo‘yicha tavsiyalar berildi. Agentlik direktori v.v.b M.Abdullayev xo‘jaliklar egalariga sabzini qayta ishlash korxonalari bilan fermerlar o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga amaliy yordam berishni taklif qildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: