Aholini yil davomida sabzavot va poliz mahsulotlari bilan ta’minlashda issiqxonalarning ahamiyati beqiyos. Xoh kuz, xoh qish fasli bo‘lsin, vitaminga boy, yangi uzilgan sabzavotlarni tanovul qilishga nima yetsin.
Issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini jadal rivojlantirish va undan samarali foydalanishda yuzaga kelayotgan asosiy muammolardan biri esa, qish paytida issiqxonalarni isitish borasida yuzaga keladigan nomutanosibliklardir.
Lekin shunday issiqxonalar ham borki, nafaqat kuz mavsumi, balki qahraton qishda ham hech qanday isitish tizimlaridan foydalanilmaydi. Sababi, ular sharqdan-g‘arbga kun botish tomonga 14 gradus burilgan sharoitda quriladi va shimol tomon qalin isitish ko‘rpalari bilan yopiladi.
Qishloq xo‘jaligi vazir Ibrohim Abdurahmonov Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida ana shunday tajriba asosida faoliyat olib borayotgan Sardoba tumani “Imkon qadri” MChJga qarashli 2.5 sotixli ijtimoiy issiqxona bilan tanishdi.
Mazkur issiqxonalarning har biri 2.5 sotixdan bo‘lib, har biriga bittadan oilaga, jami 4 ta oilaga biriktirilgan. biri erta bahorda aholini ko‘katlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida hozirda bu yerga ko‘katlar ekilgan.
Umuman, viloyat bo‘yicha 38,3 gektar isitilmaydigan issiqxonalar mavjud bo‘lib, ularda yilning fevral-noyabr oyigacha sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi.
Mazkur issiqxonalar kun davomida quyosh energiyasini akkumulyator singari o‘z ichiga yig‘adi. Kun botishi bilan issiqxona atrofi maxsus issiqlik saqlovchi ko‘rpalar bilan yopiladi. Kunduzi to‘plangan issiq harorat esa, to tonggacha o‘z kuchini yo‘qotmaydi.
Yurtimizda azaldan uzumchilik sohasida o‘ziga xos madaniyat, tajriba va malaka shakllanib kelgan. Gap Farg‘onaliklarning voish usulida uzum yetishtirish borasidagi tajribalari haqida bormoqda.
Mazkur hududda ham aynan Farg‘ona tajribasi asosida uzum yetishtirilmoqda. Bu tajriba sirdaryoliklarni ham astoydil qiziqtirib qo‘ygan. Qiziqish esa, albatta, tashabbus sari yo‘l ochadi.
Qishloq joylarida voish usulida uzum yetishtirish uchun bitmas-tuganmas imkoniyatlar bor. Shuningdek, dala chetlariga esa terak ekilgan.
Albatta, har bir meva va sabzavotlarning daladan dasturxonimizgacha keladigan jarayoni dehqon hamda fermerlarimizning, qanchadan-qancha ishchi-mehnatkashlarning og‘ir va mashaqqatli mehnati samarasidir. Zero, yerni e’zozlash, har qarichidan unumli foydalanish orqaligina manfaatdorlikka erishish mumkin.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: