O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Toshkent davlat agrar universiteti, Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda 2021-yil 15-dekabrda “Dorivor o‘simliklar mahsulotlari taʼminotida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Konferensiyada dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash borasida amaliy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borayotgan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari ishtirok etishi mumkin.
Konferensiya quyidagi shoʻbalarda ish olib boradi:
1. O‘zbekiston florasidagi dorivor o‘simliklar resurslari va muhofazasi;
2. Dorivor o‘simliklar introduksiyasi va yetishtirish agrotexnologiyasi;
3. Dorivor o‘simliklar fitokimyosi va fitopreparatlar texnologiyasi;
4. Dorivor o‘simliklar xomashyosini farmatsevtikadagi ahamiyati;
5. Dorivor o‘simliklarning tibbiyotda, halq tabobatida va oziq-ovqat sanoatidagi o‘rni.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: