Dron – osmonda harakatlana oladigan, ammo samolyot yoki vertolyot sarmoyasini talab qilmaydigan oson, avtonom transport vositasi. Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ham ularning o‘rni tobora kengayib bormoqda.
Fermer xo‘jaliklarida dronlarning o‘ziga xos afzalliklari va ko‘payishi ularning fermerlarga o‘z vaqtida qaror qabul qilish uchun keng qamrovli ma’lumotlarni olishga yordam berish qobiliyatidadir.
O‘zbekistonda ham bir nechta klasterlar, yirik fermer xo‘jaliklari allaqachon agrar sohada dronlar xizmatidan foydalanib kelishmoqda.
Qishloq xoʻjaligi uchuvchisiz uchoqlari 2024-yilga kelib 4,4 milliard dollarga yaqin global bozor maydonini egallashi rejalashtirilgan. Ushbu sektorda yillik o‘sish surʼati 30,2 foizni tashkil etadi.
Dronlar qishloq xo‘jaligida ham, chorvachilikda ham, monitoringdan tortib topografik tahlilgacha, podani boshqarishgacha va boshqa ko‘plab funksiyalarni bajara oladi.
Deylik, o’simlikning o’sishida donlar o’zi avtonom o’tlarni tozalash, urug’lantirish, dorilash (kerakli organik o’gítlar va kimyoviy vositalarni purkash), o’simlikning holati, o’sish jarayoni va har qanday ko’z ilgáshi qiyin bo’lgan malumotlarni bir bazaga to’plash kabi vazifalarni ham bajar oladi. Dronlar boshqa mavjud mashinaga asoslangan jarayonlarga qaraganda osonroq va arzonroq.
Yirik maydonlarda o’simlikning holati haqida har xil ma’lumotlarni to’plashda unga yetadigan yo’q. Dronlar video tasvir, fotosuratlarda (kengaytirilgan tasvir) va hatto jismoniy namunalarni tashish orqali ma’lumotlarni to’playdi, saqlaydi va uzatadi.
Dron kuzatuvi dala natijasi, ekin monitoringi, begona o’tlarni aniqlash va boshqalar orqali fermerga yerni qush ko’zi bilan ko’rish imkonini beradi.
Dronlar chorvachilikni boshqarishda kuchli vosita bo’lib, chorvachilikni boshqarish, genetika va naslchilik dasturlari uchun hayvonlarning o’zlari va xatti-harakatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plashda foydalidir.
Katta yoki kichik miqyosdagi chorvachilikni boshqarish texnologik yordam va avtomatlashtirishdan foydalanishi mumkin. Dronlar chorvachilik qurilmalari sifatida ishlatilishi mumkin, bu ularni podani boshqarish, sog’ish va boshqalarda foydali qiladi.
Bir so’z bilan aytganda, dronlarning fermerlarga ko’rsatadigan ko’pgina afzalliklari qo’l mehnatini kamaytirish va dala yoki podaning hosildorligi, mahsuldorlik, salomatlik va boshqalar haqida ko’proq ma’lumot olishni anglatadi.
Shuningdek, dronlar oziq-ovqat xavfsizligi muammosining kuchayishida muhim rol o’ynashi mumkin bo’lgan arzon texnologiyadir. Dronlar 24/7 formatda ishlay oladi. Bu ularni qo’l mehnatiga jozibali muqobil qiladi. Ular deyarli har qanday ob-havo sharoitida ishlashlari va takrorlanadigan yoki xavfli vazifalarni bajarishlari mumkin.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: