Dukkakli ekinlar asosan tuproq harorati 8-10oS bo‘lganda ekiladi, urug‘larini tez va qiyg‘os unib chiqishi uchun tuproq harorati o‘rtacha 12-14oS bo‘lganda kuzatiladi, urug‘ ekilgandan 3-7 kun keyin maysa unib chiqadi.
Dukkakli ekinlarni ekish ishlarini birinchi navbatda tez yetilib qiziydigan yengil, o‘rtacha qumoq maydonlarda, keyin esa og‘ir tuproqlarda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Urug‘lar mexanik tarkibi og‘ir, sekin qiziydigan tuproqlarda 3-4 sm, boshqa barcha tuproqlarda 4-5 sm chuqurlikda ekiladi.
Ekish muddati: bahor faslida urug‘lar 10-20-aprelda ekiladi va yoz mavsumida esa 15-iyundan 1-iyulgacha. 5-iyuldan so‘ng ekilgan dukkakli ekinlar hosildorligi nisbatan past bo‘ladi.
Hosilni yig‘ishtirib olish: dukkakli ekinlar asosan yig‘ishtirib olishda navlar kesimida o‘suv davri va tuproq iqlim sharoitiga qarab belgilanadi. Hozirgi kunda dukkakli ekinlarning davlat reestriga kiritilgan navlarini o‘suv davri 70-120 kunni tashkil etadi.
Dukkakli ekinlar o‘sib rivojlanishi uchun 20-25oS daraja harorat eng maqbul sharoit hisoblanadi. Tezpishar navlari uchun foydali harorat yig‘indisi 1800oS, o‘rtapishar navlari uchun 2000oS hisoblanadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: