Rambutan dunyodagi eng mashhur tropik mevalardan biri bo’lib, o‘zgacha ko’rinishdagi “uzun tuklari” bilan ajralib turadi.
Asosan Malayziya, Tailand, Hindiston va Janubiy Amerika davlatlarida yetishtiriladigan bu mevaning qizil va tukli po‘sti ostida shirin ta’mga ega mayin va oppoq yumaloq mag’zi joylashgan. Tatib ko‘rish uchun albatta mevani o‘rtasidan ikkiga bo‘lish zarur.
Ushbu mevani asosan yangi uzilgan yoki shakar bilan konservalangan holda iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Meva yetishtirilayotganda va uni tatib ko‘rayotganda o‘ta ehtiyotkor bo‘lish kerak, sababi – mevaning xom urug‘lari zaharli, ammo qovurilganlari zararsizdir.
Xarid jarayonida asosan uning rangiga e’tibor qaratish tavsiya etiladi, chunki rangi qanchalik pushti bo‘lsa, ta’mi shuncha shirin va mazali bo’ladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: