Buning uchun Davlat xizmatlari markazidan elektron raqamli imzo olinadi. Undan so‘ng e-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tiladi. Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi zaklad pulni operatorning maxsus depozit hisobvarag‘iga kiritiladi. Dehqon xo‘jaliklari yerlar ijarasi bo‘limidan kerakli yer maydoni tanlanib, ariza qoldiriladi. Ariza elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Tanlov obyekti bo‘yicha yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini imzolash uchun tanlov g‘olibiga besh ish kunlik muddat beriladi. Agar tanlov g‘olibi bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng tanlov obyekti bo‘yicha yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini imzolashdan bosh tortsa, tanlovning salohiyatli g‘olibiga arizani imzolash uchun 5 ish kunlik muddat beriladi. Ball berish tartibi auksion savdo platformasida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarorida ko‘rsatilgan talablarga asosan amalga oshiriladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: