Bugungi kunda Ellikqal’a tumanida jami 12 gektar maydonda 4 ta issiqxona mavjud. Ikkita issiqxona zamonaviy gidroponika usulida tashkil qilingan bo‘lsa, yana ikkitasi oddiy tuproq sharoitida.
Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi mas’ullari tumandagi issiqxonalar faoliyati bilan tanishdi. Issiqxona xo‘jaliklari egalari bilan muloqot qilinib, mavjud muammolar o‘rganildi, masalalarning ko‘pi joyida hal qilinib, amaliy yordam ko‘rsatildi.
Ma’lumot berilishicha, Ellikqal’ada hozirda limonchilikka katta e’tibor qaratilmoqda. Birgina Guldursun hududidagi “Umidbek Odilbek” MCHJ tomonidan 3 gektar maydonda limonariya tashkil qilinib, ayni paytda limonlar hosil berishni boshlagan.
Agentlik tomonidan mazkur limonariyada limon ko‘chatlariga har gektariga 30 mln. so‘mdan, jami 90 mln so‘m subsidiya ajratilgan. Yana bir e’tirof: limon qator oralaridan unumli foydalanish maqsadida bulg‘or qalampiri ham ekilgan.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: