Estoniya aholisi endilikda “No Bananas” kompaniyasining yangi savdo avtomati yordamida sevimli rezavor mevalaridan bahramand bo‘lishmoqda.
Avtomatdagi meva zaxiralari kuniga kamida bir marta yangilanadi. Unda asosan golubika, malina, qulupnay va no‘xatlar kabi rezavorlar joylashtirilgan.
“Mazkur savdo avtomatlarimiz 24/7 rejimida ishlaydi. Avtomatni yana bir xususiyati — rezavorlarni maksimum +3 daraja haroratda saqlaydi, bu esa mevalarning uzoq vaqt o‘z sifatini yo‘qotmaslik imkonini beradi. Biz avtomatlarimizni kuniga kamida bir marta to‘ldiramiz, ammo har bir shoxobchamizga bir necha marotaba tashrif buyuramiz. Asosiy maqsad esa — aholiga kerakli bo‘lgan mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazish hamda bozordagi raqobatbardoshlikni ta‘minlash” — deydi “No Bananas” kompaniyasi direktori Andero Keronen.
Qayd etish joizki, butun Estoniya bo‘ylab kompaniyaning 100 dan ortiq xizmat ko‘rsatish shoxobchalari mavjud.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: