Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ rahbariyati, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy byurosi raqamli qishloq xo‘jaligi bo‘yicha guruh rahbari Daniyela Diggianantonio bilan uchrashdi.
Uchrashuvda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini raqamli transformatsiya qilish uchun zamin tayyorlash” loyihasi doirasida raqamli qishloq xo‘jaligini rag‘batlantirish va qishloq hududlarini raqamli o‘zgartirishni jadallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan umummilliy ko‘p tarmoqli Harakatlar dasturining mazmun-mohiyati muhokama qilindi.
Muloqotda ta’kidlanganidek, mazkur Milliy harakat dasturi raqamli qishloq xo‘jaligining kuchi dehqonchilik amaliyotida inqilobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, barqarorlikni ta’minlash, qarorlar qabul qilish samaradorligini oshirish va har bir fermerning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida doimiy iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantirish uchun foydalanadigan hamda rivojlanayotgan agrosanoatiga ko‘maklashishdan iborat.
Uchrashuvda tomonlar hamkorlikda agrar sohani raqamli transformatsiyalash istiqbollari, amalga oshiriladigan ishlar rejasi muhokama qilishdi.
Ma’lumot uchun ushbu harakat dasturini manfaatdor tomonlarga taqdim etish maqsadida FAO Raqamli qishloq xo‘jaligi departamenti rahbari Daniyela Digianantonio joriy yilning 18-21 fevral kunlari O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: