Joriy yilning 16-yanvar kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida “Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-son Farmoni ijrosiga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda, mazkur farmon mazmun-mohiyatini to‘liq anglagan holda ish olib borish, qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish, paxta-to‘qimachilik klasterlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni bozor tamoyillari asosida takomillashtirish, tarmoqda sog‘lom raqobat muhiti shakllantirish masalasi xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, yig‘ilish kun tartibidan 2024-yil hosili uchun yetishtiriladigan paxta xomashyosini fermer xo‘jaliklari tomonidan birja orqali sotilishini yo‘lga qo‘yish hamda “Agroplatforma.uz” tizimi orqali fyuchers shartnomalarini tuzish ishlarini jadallashtirish masalasi o‘rin oldi.
Qolaversa, yig‘ilish davomida klasterlarni tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarining kamida ikkita bosqichini yo‘lga qo‘ygan bo‘lishi, klaster faoliyatini tashkil etish istagida bo‘lgan talabgorlar ochiq va shaffof onlayn tanlov asosida tanlab olinishi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda tegishliligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimliklari bilan talabgor o‘rtasida klaster faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida uch tomonlama bitim tuzish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
I.Abdurahmonov o‘z navbatida barcha mas’ullarga yanvar oyi so‘ngiga qadar fyuchers shartnomalarini tuzish ishlarini yakunlash, shuningdek, Toshkent viloyati hududida bu borada qilinayotgan ishlarda har bir tashkilot va muassasa mas’uliyatni his etgan holda ish olib borishi qayd etib o‘tildi.
Zero, mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish bo‘yicha muhim tadbirlar belgilanganligi sohani yangi bosqichga olib chiqilishiga xizmat qiladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: