O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-son Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan joylarda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 3-yanvar kuni Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham farmon ijrosini ta’minlash va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Unda vazir o‘rinbosarlari, departament va boshqarma boshliqlari, barcha tizim tashkilotlari va mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibidan 2024-yil hosili uchun g‘o‘zani joylashtirishni “CropAgro” axborot tizimiga kiritish ishlarini tashkil etish hamda Fermer xo‘jaliklari tomonidan paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha birja orqali fyuchers shartnomalarini tuzish ishlarini tashkil etish masalalari o‘rin oldi.
Shuningdek, 2024-yil hosili uchun yetishtiriladigan paxta xomashyosini fermer xo‘jaliklari tomonidan birja orqali sotilishini yo‘lga qo‘yish hamda Agroplatforma.uz tizimi orqali fyuchers shartnomalarini tuzish ishlarini jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Azimjon Nazirov o‘z navbatida barcha mas’ullarga joriy yil yanvar oyi oxiriga qadar fyuchers shartnomalarini tuzish ishlarining 100 foiz bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriq berdi.
Aytish kerak, mazkur farmonning qabul qilinishi ham davlatimiz rahbarining har bir tarmoq va yo‘nalish ishidagi muammolarga oqilona yechim topib bergani bilan ahamiyatli.
Zero, mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish bo‘yicha muhim tadbirlar belgilanganligi, qabul qilingan farmon, qonun va qarorlarning ijrosini ta’minlash sohani yangi bosqichga olib chiqilishiga xizmat qiladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: