Xabaringiz bor, 2023-yilning 12-dekabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-205-son Farmoni e’lon qilingan.
Farmon e’lon qilinishi bilanoq, joylarda Farmon mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish, shuningdek, paxta yetishtiruvchilarga birjada ishtirok etish tartibi yuzasidan bir qator seminarlar tashkil etilmoqda.
Ana shunday seminarlardan biri, joriy yilning 20-yanvar kuni Sirdaryo viloyatining Xovos va Boyovut tumanlarida tashkil etildi. Unda viloyat va tuman fermer xo‘jaliklari va klaster rahbarlari, tijorat banklari, birja brokerlari va boshqa mutasaddi vakillar ishtirok etdi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Bunyod Oxunov rahbarligida tashkil etilgan mazkur seminarda, farmon mazmun-mohiyatini to‘liq anglagan holda ish olib borish, qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish, paxta-to‘qimachilik klasterlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni bozor tamoyillari asosida takomillashtirish, tarmoqda sog‘lom raqobat muhiti shakllantirish masalalari xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, seminar kun tartibidan 2024-yil hosili uchun yetishtiriladigan paxta xomashyosini fermer xo‘jaliklari tomonidan birja orqali sotilishini yo‘lga qo‘yish hamda “Agroplatforma.uz” tizimi orqali fyuchers shartnomalarini tuzish ishlarini jadallashtirish masalasi o‘rin oldi.
Qolaversa, seminar ishtirokchilarining yangi tizimi orqali fyuchers shartnomalarini tuzish jarayonlari bilan bog‘liq savollariga, vazirlikning mas’ul xodimlari tomonidan bir qator tushunchalar berildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: