Fermer yon daftariga
Almashlab ekishning tavsiya etiladigan taxminiy sxemalari:
1-sxema (3 yillik)
Kuzda (oktabr-noyabr) – no‘sh piyoz, to‘qsonbosti sabzi → may oxirida – chuchuk qalampir, qalampir, baqlajon, pomidor, bodring (tezpishar navlar tuvakchali ko‘chati bilan) → sentabr oxirida barg sholg‘omi, aysberg salati, salatbop sholg‘om (sovuq tushishi oldidan plyonka yopiladi) → erta bahor – ertagi kartoshka → iyunda – mosh, loviya → kuzda (oktabr-noyabr) – no‘sh piyoz, to‘qsonbosti sabzi.
2-sxema (3 yillik)
Erta bahor – ertagi kartoshka → iyun oyida – shirin jo‘xori yoki bodring (tezpishar navlar tuvakchali ko‘chati bilan) → sentabr oxirida barg sholg‘omi, aysberg salati, salatbop sholg‘om → oktabr-noyabr – piyoz (ko‘chat bilan ekiladigan), to‘qsonbosti sabzi → may oxirida – chuchuk qalampir, qalampir, baqlajon, pomidor, bodring (tezpishar navlar tuvakchali ko‘chati bilan) → sentabr-oktabr – sarimsoq piyoz, no‘sh piyoz.
3-sxema (3 yillik)
Erta bahor – plyonka ostiga pomidor → iyul oyida – o‘rtacha kechki kartoshka → noyabrda to‘qsonbosti sabzi, no‘shpiyoz → may oxirida – shirin jo‘xori (tezpishar navlari tuvakchali ko‘chati bilan) → avgust-sentabr – turp, sholg‘om, barg sholg‘omi, aysberg salati, salatbop sholg‘om va boshqa ko‘kat sabzavotlar.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: