Funduk qayindoshlarga mansub buta yoki daraxt. O‘rmon yong‘og‘ining yirik mevali bir turi. Janubiy Yevropa va Osiyoda tarqalgan. O‘rta va Janubiy Yevropa, Turkiya, AQSH, Kavkaz, Qrim va boshqa joylarda o‘stiriladi.
Fundukning bir tupidan 8-10 kilogrammgacha meva olish mumkin. Bir gektar maydonga 600 tup ko‘chati ekiladi. Har gektar fundukzordan 2-3 tonna hosil olish mumkin. Daraxti butasimon, daraxt sifatida o‘stiriladi. Bo‘yi 2-4 metrgacha o‘sadi. Mevasi avgust-oktyabr oyida pishadi.
O‘rmon yong‘og‘i tuproq tanlamaydi. Tog‘li, toshloq hududlarda ham o‘saveradi. Chunki tomir qismida mayda-mayda zamburug‘ga o‘xshash shishlar (tuguncha) mavjud. Ular yerdan foydali elementlar va suvni tezda qabul qilib, rivojlanadi.
Ayni paytda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida fundukning 2 ta navi yetishtiriladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan funduk mahsuloti Avstriya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Belorus Respublikasi, Bosniya va Gersegovina, Germaniya, Gruziya, Isroil, Hindiston, Iroq, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Livan, Mongoliya, Niderlandiya, BAA, Rossiya, Siriya, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: