Bugun, Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hokimligida “Ekishga tavsiya etilgan bug‘doy navlarining potensial imkoniyatlari, agrotexnologiyalar, begona o‘t, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash chora-tadbirlari” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Unda, tumanning fermer va dehqon xo‘jaliklari, klaster rahbarlari ishtirok etdi.
Seminar davomida g’alladan yuqori hosil olishda zamonaviy texnologiyalarning o’rni va ahamiyati, ekinlarga zarar keltiruvchi hasharotlarga qarshi kurashish masalalari xususida so‘z yuritildi.
Seminar asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi, eng maqsadlarga yo‘g‘rilgan galdagi muhim ishlarning ko‘lami belgilab olindi. Shubhasiz, bu kabi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: