Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Gana Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Eric Owusu Boateng bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston hamda Gana davlatlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida do‘stona almashinuv va amaliy hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
O‘z navbatida E.Boateng mamlakatlarimiz o‘rtasida nafaqat qishloq xo‘jaligi sohasida, balki boshqa yo‘nalishlarda ham o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda yetarlicha imkoniyatlar borligini e’tirof etar, yurtimizda olib borilayotgan siyosat birinchi navbatda aholini oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston paxta urug‘chiligi tajribasidan foydalangan holda Ganada paxta yetishtirish, paxtani qayta ishlash masalalari, bundan tashqari genetika, seleksiya yo‘nalishlarida bilim va tajriba almashish, Gana davlatining qishloq xo‘jaligi resurslaridan foydalangan holda texnik ekinlar yetishtirish hamda ularni O‘zbekistonga olib kelish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Uchrashuv yakunida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda tegishli ishchi guruh faoliyatini shakllantirish borasida kelishib olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: