Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida Xalqaro hamkorlik va reytinglar boshqarmasi boshlig‘i Firuza Xodjayeva “BMT-Ayollar” mintaqaviy idorasining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Qishloq xo‘jaligida gender tengligi va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan strategiyalar va ilg‘or amaliyotlarni joriy etish, xususan, gender tengligini targ‘ib qilish, qishloq xo‘jaligida ayollarning o‘rnini oshirish, ularni iqtisodiy tomonlama rag‘batlantirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
O‘z navbatida “BMT-Ayollar” mintaqaviy idorasi vakillari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda “Gender byudjetlashtirish” tizimini O‘zbekistonda joriy qilish masalasini o‘rtaga tashladi. Asosiy maqsad — genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini belgilab olish ekani qayd etildi.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar ishchi guruh faoliyatini maqbullashtirish hamda “Gender byudjetlashtirish” tizimini tez fursatda yakuniy jarayonlarini ko‘rib chiqish borasida kelishib oldi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: