Gilos raʼnoguldoshlar oilasiga mansub danakli meva daraxti. Yevropa mamlakatlari, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Xitoy, Yaponiya, Ukrainaning janubida, Kavkaz va O‘rta Osiyoda ekiladi. O‘zbekistonning tog‘oldi mintaqalarida ekiladigan asosiy mevalardan biri.
Eng ertagi danakli meva. Mevasi may-iyunda pishadi. Gilos unumdor, nami moʻtadil, tuprog‘i chuqur ishlangan yerlarda yaxshi o‘sadi.
Yorug‘lik va issiqlikka talabchan. Yozi issiq hududlarda yaxshi o‘smaydi. Namga talabchan, lekin ortiqcha namni yoqtirmaydi. Ortiqcha namda daraxt qurib qoladi. Sovuqqa chidamsiz.
Ko‘chati ekilgandan keyin 4-5 yilda hosilga kiradi. Daraxti 100 yilgacha yashaydi, tupi 150-300 kg hosil beradi. 2010-yildan boshlab respublikamizda mevachilikka ixtisoslashgan ko‘pgina fermer xo‘jaliklarida intensiv bog‘lar barpo qilindi. Respublikamizning tog‘ oldi lalmi sharoitida gilos ko‘chatlari intensiv bog‘larga ekildi va 2-3 yilda hosil bera boshladi.
Ayni paytda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida gilosning 11 turi yetishtiriladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan gilos mahsuloti Belorus Respublikasi, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya, Qirg‘iziston, Litva, Malayziya, Mongoliya, BAA, Polsha, Rossiya, Tailand, Turkmaniston, Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: