Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi hamda akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining faoliyati sarhisobi va 2024-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda tizim tashkilotlarining bugungi kunda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berish bilan birga, 2024-yilda amalga oshiriladigan loyihalar, ulardan ko‘zlangan maqsad, loyihalarning nechog‘lik samarador bo‘lishi haqida batafsil ma’lumot berdi.
Vazir Ibrohim Abdurahmonov taqdimot bilan tanishar ekan, mavjud vaziyat qoniqarli emasligi, hududlarda ish samarali ketmayotganligi, ular bilan tizimli ishlash yo‘lga qo‘yilmagani, bunga esa boshqaruv tizimi oqsayotgani sabab ekanini asosli dalillar bilan ko‘rsatib berdi.
Shuningdek, Jahon bankining modernizatsiya loyihasi bo‘yicha ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirish orqali zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida ma’nan eskirgan, avvallari yaratilgan texnikalarni zamon talabiga javob beradigan, raqobatbardosh texnikalar bilan o‘zgartirish, bunda barcha ishlanma va yosh olimlarning izlanishlariga keng o‘rin berilishini ta’kidladi.
Qolaversa, hududni obodonlashtirishga jiddiy e’tiroz bildirdi. Jumladan, bugungi kunda bu yerni bog‘ qilish mumkinligi ko‘pgina mevali va manzarali bog‘ yaratish tashabbusi ilgari surilmaganini aytib o‘tdi va bunda markaz jamoasi xayrixohlik bilan yondashish kerakligi ta’kidlandi.
Shuningdek, tizimdagi barcha xodimlar xorijiy sarmoya va grant mablag‘larini jalb etishda faol bo‘lishi, yangi loyihalarni ishlab chiqish va ularga investorlarning e’tiborini qaratishi lozimligi ham ta’kidlandi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi, akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti faoliyatini tubdan isloh qilish, kapital rekonstruksiya ishlari hamda hamkorlikning yangi istiqbollari yuzasidan mavjud kelishuvlar, loyihalar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni yana-da jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Vazir yuqoridagi vaziyatni o‘nglash uchun har bir muassasa rahbari shoshma-shosharli qilmay, har tomonlama yondashuv asosida ish ko‘rish lozimligini qayd etdi. Maqsad, har bir bo‘sh turgan yerdan unumli va manfaatli foydalanishni tashkil etish. Jumladan, yerni vazirlik tasarrufida saqlab, uning imkoniyatlaridan davlat-xususiy sheriklik maqomidagi, xususiy tadbirkorlar ishtirokida sohaga yaqin loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlanishi zarurligi qayd etildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: