Italiyaning Qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqotlari va qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotini tahlil qilish Kengashi (CREA) hamda “Tuproqsifattahlil” DUK vakillari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha masofaviy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. CREA tashkiloti tomonidan doktor Guido Bonati va professor Felise Adinolfilar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida tomonlar tuproqshunoslikda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Italiyalik mutaxassislar CREA kengashi, Yerdan foydalanish va qamrov zonasini o‘rganish LUCAS maʼlumotlar bazasi, Yevroittifoq yer siyosati haqida maʼlumot berib o‘tishdi. Shuningdek, kelajakda qo‘shma loyihalarni moliyalashtirishda Yevropa Ittifoqining tadqiqot va innovatsiyalarni moliyalashtirish “Horizon Europe” va Butunjahon tuproq hamkorligi “Global Soil Partnership” dasturlaridan moliyaviy ko‘mak olish taklifini kiritdilar.
Loyiha sifatida “tuproq tarkibidagi uglerodni saqlash” sohasida tadqiqotni amalga oshirish belgilab olindi. “Tuproqsifattahlil” DUK hodimlari o‘z navbatida ushbu loyihani tadqiqot hududi sifatida O‘zbekistonda ham yo‘lga qo‘yishni maʼlum qildilar.
Hamkorlik uchrashuvi yakuniga ko‘ra, tomonlar kelajakda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar haqida kelishib oldilar. Mazkur sohada doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish hamda xodimlar malakasini oshirish hamkorlik doirasidagi asosiy masala qilib belgilab olindi.
Дистанционная встреча состоядась между представителями Совета по научным исследованиям и экономики в сельском хозяйстве (CREA) из Италии и ГУП
«Tuproqsifattahlil» (Узбекистан). Со стороны CREA участие приняли доктор Гвидо Бонати и профессор Феличе Адинольфи.
В ходе переговора стороны обсудили реализацию будущих совместных проектов в области почвоведения. Итальянские эксперты предоставили информацию о Совете CREA, базе данных LUCAS по изучению землепользования и площади покрытия, а также о земельной политике ЕС. Они также предложили получать финансовую поддержку от Европейского Союза по исследовательскому и инновационному финансированию «Horizon Europe» и программы Глобального почвенного партнерства «Глобальное почвенное партнерство» для финансирования совместных проектов в будущем.
В качестве проекта было решено провести исследования в области «запасов углерода в почве». Сотрудники ГУП «Tuproqsifattahlil», в свою очередь, объявили, что данный проект будет запущен в Узбекистане в качестве исследовательского направления.
В завершении встречи стороны договорились о планах на будущее.
В качестве основных вопросов сотрудничества были определены налаживание постоянного контакта в этой сфере, обмен опытом и повышение квалификации кадров.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: