O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalari statistikasini raqamlashtirishni qo‘llab-quvatlash bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ishchi guruhining aʼzolari: Vazirlikning markaziy apparati va Davlat statistika qo‘mitasi boshqarmalari, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DM va Yevropa Ittifoqi ASK Facility loyihasi rahbar va mutaxassislari ishtirok etishdi.
Mazkur ishchi guruhining maqsadlaridan biri— agrosanoat sektori, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalari to‘g‘risida yuqori sifatli va ishonchli statistik maʼlumotlarni shakllantirish hamda shaffofligi va oshkoraligini taʼminlashdan iborat.
Kun tartibidagi masalalar doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligining Geoaxborot tizimi va “E-ijara” axborot tizimlarida shakllanadigan mavjud maʼlumotlar to‘plami va tarkibi, yil yakuniga qadar kutilayotgan natijalar, idoralararo integratsiya jarayonlarini yo‘lga qo‘yish masalalari, statistik maʼlumotlarni tahlillari hamda mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida ishchi guruhning masʼul kotibi nomzodini ko‘rib chiqish va maʼqullash, guruhning kelgusi davr uchun ish rejasini muhokama qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida axborot va statistik maʼlumotlarni tizimlashtirish hamda ulardan foydalanishning samarali tizimini yaratish to‘g‘risida xorijiy ekspertlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyiha to‘g‘risida maʼlumotlar taqdim etildi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, idoralararo ishchi guruhi ishini faol davom ettirish, tomonlarni qiziqtirgan maʼlumotlarni o‘zaro almashish va taqqoslash, Vazirlik axborot tizimlari doirasida chop etilayotgan hisobotlarni guruh aʼzolariga taqdim etish bo‘yicha kelishib olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: