O‘zbekiston hamda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar tobora rivojlanib borayotgani, barcha sohalar qatorida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ham istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani bilan ahamiyatli.
Jumladan, joriy yilning 19-21-mart kunlari Qozog‘istonning Taraz shahrida bo‘lib o‘tayotgan III Turkiy davlatlar agro forumi ham muhim uchrashuvlar amalga oshirilayotgani bunga misol bo‘la oladi.
Bugun hamkorlar bilan yuzma-yuz ko‘rishish, istiqbol va amaliyotdagi imkoniyatlarni to‘g‘ri chamalay bilish zaruriy ishlar sirasidan joy olgan. Savollarga javoblar, o‘zingiz haqingizda imkon qadar ochiq ma’lumot berish tadbirkorlikning ajralmas qonuniyatiga aylanib ulgurdi.
Binobarin, forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bir qator hamkor mamlakat vakillari bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib bordi.
Turkiy mamlakat vakillari O‘zbekiston bilan tadbirkorlik va ishbilarmonlik munosabatlarini mustahkamlash ilinjida. Sarmoya kiritish hamda shu orqali o‘z bizneslari qaddini ko‘tarib olish ilinjida ular. Zamonaviy dunyo taraqqiyotining qoidalari ana shu tarixiy mushtaraklikni ishonchli sherik va hamkor munosabatlarida davom ettirishga zamin yaratmoqda.
Ochig‘i, tadbirga taklif etilganlar bilan bir qatorda yirik va nufuzli kompaniya vakillari ham o‘zbek diyori tomon oshiqmoqda. Ular orasida, suv tejovchi texnologiyalar, urug‘chilik, chorvachilik, mahsulotlarni qayta ishlash, yer holatini tiklashga yo‘naltirilgan ishlanmalar, mevali ko‘chatlar yetishtirish, issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish, qo‘ziqorin yetishtirish, agrologistika markazlarini tashkil etish, innovatsion laboratoriyalar tashkil etish, bog‘ va uzumzorlarni aqlli boshqarish tizimlari, poliz mahsulotlarining hosildorligini oshiruvchi, don va dukkakli mahsulotlarning yangi avlodini yetishtirish loyihalari. Bu faqat ayni qog‘ozdan amaliyotga ko‘chayotgan kelishuvlar.
Albatta, O‘zbekiston o‘zining ishonchli hamkor ekanini har on va har yerda isbotlab turibdi. Bu yurtimizga berilayotgan haqqoniy baho. Biznes foyda ustiga quriladi. Ammo bugungi uchrashuv ishtirokchilari nafaqat foyda, balki har tomonlama suyansa bo‘ladigan ishonchli hamkor topganlaridan mamnun.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: