Bugun, Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Nazarov rahbarligi hamda vazir o‘rinbosarlarining ishtirokida tashkil etilgan yig‘ilishda “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olingan topshiriqlarning vazirlik va uning tizimida bajarilishining holati xususida so‘z bordi.
Jumladan, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalari tayyorlanishi ustidan shaxsiy nazoratni tashkil etish, ushbu hujjatlarni ijrochilarga tezkor yetkazilishi, mazkur hujjatlar ijrosi amalda nazorat qilinishini tashkil etish hamda o‘z vaqtida, to‘liq va natijali ijro etilishini ta’minlash ijro intizomini mustahkamlashdagi asosiy vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov jamiyatimizda islohotlarni o‘zida aks etgan hamda tegishli munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari va ularning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishi, o‘z navbatida mamlakat taraqqiyotini belgilashi bilan birga, aholi hayotida farovonlikni ta’minlashning asosiy drayveri bo‘lishi zarur ekanini qayd etdi.
Shuningdek, vazirlik markaziy apparat departament, Bosh boshqarma, boshqarma va bo‘limlar boshliqlariga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatni his qilgan holda zimmasiga yuklatilgan topshiriqlarni sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan chora ko‘rish, ijro intizomini ta’minlashda belgilangan me’yorlarga qat’iy rioya qilish ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: