Ilm-fan barcha yerda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligining eng asosiy tayanchlaridan biri hisoblanadi. Dunyoda rivoj topgan davlat borki, bilimga suyanadi. Sinash va tajriba o‘tkazishdan charchash yo‘q. Bizda ham mana shu tamoyil ustuvor bo‘lmog‘i darkor.
Jumladan, bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida u yerga tashrif buyurgani ham bejiz emas. Dastlab institut bugungi kunda qanday ishlarni amalga oshirayotgani, tadqiqotlar ko‘lami qay darajada bo‘lishiga e’tibor qaratdi.
I.Abdurahmonov institut faoliyati bilan tanishar ekan, birinchi navbatda institut bugungi kunda qanday ishlarni amalga oshirayotgani, tadqiqotlar ko‘lami qay darajada bo‘lishiga e’tibor qaratdi. Markaz hududiga kirib kelishdagi holat agrar sohaga bilim va innovatsiyalarni joriy etishga mas’ul bo‘lgan tashkilotning ish faoliyatini namoyon etishi lozim. Ammo yillar davomidagi e’tiborsizlik, ishni to‘g‘ri tashkil etishdagi kamchiliklar buning aksini ko‘rsatyapti.
Biroq, yo‘l yoqalari va dala chetlaridagi bo‘sh yerlardan unumli foydalanish maqsadida mamlakat miqyosida keng qamrovdagi sa’y-harakatlar amalga oshirilayotgan bir paytda institut hududi va unga yondosh yerlardan samarali foydalanilmayotgani qayd etildi. Shu bilan birga xodimlarga yaratilgan sharoitlar, qish mavsumiga bo‘lgan tayyorgarlik, qishni betalafot o‘tkazish nuqtayi nazaridan qilinayotgan ishlar qoniqarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.
O‘z navbatida, agrar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bois, kechagi tajriba bugunga mos kelmayotgani, texnika va texnologiyalar rivojlanib borayotgan bir paytda qishloq xo‘jaligi ekinlarini, xususan, paxtani tomchilatib sug‘orishga to‘liq o‘tkazish, kanal va ariqlarni betonlash orqali mavjud suv zaxirasidan unumli foydalanish, shuningdek yetishtirilayotgan mahsulotlarning qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish bugungi davr talabi ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, instituti tajriba stansiyasi ko‘zdan kechirilar ekan, bu yerda hali ham paxta ekilmaganligi, obodonlashtirish ishlari o‘lda-jo‘lda ekani, institutning ilmiy salohiyatini kuchaytirish eng muhim vazifalardan biri ekani qayd etilib, buning uchun ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash lozimligi qayd etildi.
Vazir I.Abdurahmonov ayni jihatlarni qayd etib, avvalambor sharoit yaratib berilishi, ilmiy salohiyat to‘planadigan maskan nufuziga yarasha ish ko‘lamini belgilanishini alohida ta’kidladi.
Shu bilan birga ushbu innovatsiyalarni qilish uchun mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Loyiha va ishlanmalar tayyorlanadigan ustaxonalar ko‘zdan kechirildi. Tadqiqot maskanida kelgusi taraqqiyot mahsullari paydo bo‘lishi uchun ter to‘kish, lozim bo‘lsa intiluvchan yoshlarni rag‘batlantirish hamda qo‘llash tartibotlari tatbiq etilishi belgilandi. Reja va bajariladigan ishlar ko‘lami bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Vazir o‘z navbatida, ma’nan eskirgan, avvallari yaratilgan texnikalarni zamon talabiga javob beradigan, raqobatbardosh texnikalar bilan o‘zgartirish, bunda barcha ishlanma va yosh olimlarning izlanishlariga keng o‘rin berilishini ta’kidladi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: