Bahor faslida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lishi va namlikning yuqori bo‘lishi, natijasida, nok daraxtlarida temir moddasi yetishmovchiligi kuzatiladi. Natijada, nok daraxtlarining barglari sarg‘ayib ketadi. Barglar sarg‘ayishining oldini olish uchun tarkibida temir moddasi bor mikrooziqalar bilan oziqlantirish kerak.
Bundan tashqari, sariq dog‘larni paydo bo‘lishiga zararkunanda va kasalliklarni zarar yetkazishi ham sabab bo‘lishi mumkin.
Nok daraxti barglarida sariq dog‘larni paydo bo‘lishi bo‘yicha aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun Siz istiqomat qiladigan tumandagi O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tayyorlangan “Mevali bog‘larni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha tavsiyanoma”dan foydalanishingiz mumkin.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: